Salkam 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

O‘zbekiston 07:33 / 20.07.2024 2554

Prokuratura departamenti xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro tuman bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Unda, “B.” MFY hududida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, 3,9 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: