O‘zDJTU qoshida pedagoglar malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etiladi

O‘zbekiston 08:33 / 20.07.2024 1181

Prezident qarori bilan Bosh ilmiy-metodik markaz O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti deb qayta nomlandi.

Hujjat bilan institutning asosiy vazifalari belgilandi:

  • rahbar va pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotlarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • oliy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylar rahbarlari va pedagog kadrlarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
  • rahbar va pedagoglarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish;
  • doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
  • qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini tizimli tahlil qilish va monitoring qilish bo‘yicha raqamli axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
  • ilmiy faoliyatga, ilg‘or pedagogik tajriba almashishga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

Vazirlik tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi ham tashkil etiladi. 

2024-2025 o‘quv yilidan boshlab markazda pedagoglar uchun "Filologiya va tillarni o‘rganish", "Xorijiy til va adabiyot", "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: