O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 200 mingdan oshdi

O‘zbekiston 15:25 / 20.07.2024 3970

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga, biznes vakilalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirda Senat raisi Tanzila Norboyeva, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda yurtimiz hududlarida faoliyat olib borayotgan 200 nafardan ortiq yetakchi tadbirkor ayollar ishtirok etdi.

Forum doirasida muvaffaqiyatli tadbirkor ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bugun ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar soni 200 mingdan oshdi, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida ayollar ulushi 46 foizni tashkil etmoqda. Kichik biznes sub’yektlarining 120 mingdan ziyodini, fermer xo‘jaliklarining 4 ming 550 dan ortig‘ini xotin-qizlar boshqarmoqda.

Prezident farmoni bilan joriy yildan boshlab ayollarning kichik biznes va xususiy tadbirkorligini tashkil etish uchun 100 million dollar ajratildi.

Kelgusi ikki yilda kichik va o‘rta biznesda xotin-qizlarning ulushini hozirgi 25 foizdan 40 foizga oshirish bo‘yicha ulkan maqsad qo‘yilgan.

Forum yakunida ishtirokchilarning muhim sanalgan yo‘nalishlardagi aniq takliflarini o‘z ichiga olgan murojaat qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: