Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasida 17 iyul kuni soat 19:15 larda Lada Largus avtomashinasi yonib ketdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi oqibatida kelib chiqqan. Tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.