Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden shu haftada prezidentlik poygasidan chiqishi mumkin - OAV
AQSh prezidentiga partiya yetakchilari va yaqin do‘stlari tomonidan bosim kuchaymoqda.

Foto: New York Times
Bir qancha yuqori martabali demokratlar o‘zaro suhbatlarda partiya yetakchilari va yaqin do‘stlari tomonidan kuchayib borayotgan bosim AQSh prezidenti Jo Baydenni shu haftaning dam olish kunlari prezidentlik poygasidan chiqishga undashi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda Axios yozdi.
Ta’kidlanishicha, hozir kovid tufayli o‘zini yakkalab qo‘ygan 81 yoshli prezident ish bilan band. Ammo o‘zaro suhbatlarda u bosimning kuchayishi, so‘rovlardagi salbiy natijalar va adolatsiz tekshiruvlarga tan berganini aytgan, bu esa uning saylovoldi kampaniyasini davom ettirishiga imkon bermayapti, dedi demokratlardan biri nashrga.
Ularning aytishicha, partiyaning yuqori martabali yetakchilari, do‘stlari va asosiy donorlari Bayden g‘alaba qozona olmaydi, yoshi va aqliy qobiliyati haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartira olmaydi va Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmaydi, deb hisoblaydi.
«Prezidentga aytilmoqdaki, agar u o‘z lavozimida qolsa, Tramp katta ustunlik bilan g‘alaba qozonib, Bayden merosi va demokratlarning umidlarini yo‘q qilishi mumkin. O‘z nomzodini qaytarib olish uchun Baydenga nisbatan bosim, ayniqsa, so‘nggi bir necha kun ichida chidab bo‘lmas darajada oshib bormoqda… Bosim to‘xtamayapti», deyiladi maqolada.
Demokratlar Respublikachilarning milliy qurultoyidan keyin o‘tkazilgan so‘rovlar katta mag‘lubiyatni ko‘rsatib berishi, amalda Demokratik partiyaning Kongressdagi mag‘lubiyatiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.
«Uning tanlovi - tarix qahramonlaridan biriga aylanish yoki Baydenning prezidentlik kutubxonasi hech qachon bo‘lmasligiga ishonch hosil qilish. U to‘g‘ri yo‘l tutadi deb duo qilaman. U shu yo‘nalishda ketmoqda», degan prezidentning yaqin do‘stlaridan biri.
Demokratlarning Senatdagi yetakchisi Chak Shumer Trampga suiqasd uyushtirilgan kuni Baydenga saylovda qatnashishdan bosh torsa yaxshiroq bo‘lishini aytgan.
Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi prezident Jo Baydenga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan. Suhbat davomida u so‘rovlar prezident Donald Trampni mag‘lub eta olmasligini ko‘rsatayotganini aytgan.
Shu bilan birga, Jo Bayden avvalroq saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligini aytgan edi. Agar sog‘lig‘ida jiddiy muammolar yuzaga kelsa, Bayden bu qarorni qabul qilishga tayyor.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

23:47 / 17.07.2025
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi

10:30 / 17.07.2025
Mers AQShga Trampning tariflariga qat’iy javob bilan tahdid qildi

07:51 / 17.07.2025
Germaniya sudi AQSh dronlari zarbasi bo‘yicha shikoyatni rad etdi

23:14 / 16.07.2025