Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Adolat qaror topdi". IHMA Samarqandda zanjirlangan bola ishi bo‘yicha munosabat bildirdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva nazoratga olgan voqea bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

Foto: Videodan kadr
Shu yilning mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida yosh bola avtomashina ichida oyog‘idan zanjirlab qo‘yilgani aks etgan video tarqalgandi.
Jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan ushbu holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tomonidan shaxsiy nazoratga olindi.
Surishtiruvlar davomida jabrlanuvchi Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi «Qalqon-jasorat» harbiy sport maktabining 6-sinfida o‘qishi, uni g‘ayriqonuniy tarzda kishanlab, avtomashinasida olib yurgan shaxs esa ushbu maktab o‘qituvchisi ekani aniqlangandi.
Shundan so‘ng holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi [Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish] bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.
Mazkur jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, qonunbuzar 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan zo‘rlik ishlatishni keskin qoralashi hamda bunday holatlarga nisbatan murosasiz ekanini bildirib, jinoyat jazosiz qolmasligini yana bir marta eslatdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
-
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Jahon | 12:35
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
Mavzuga oid

13:39 / 14.07.2025
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

15:09 / 08.07.2025
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

08:50 / 21.05.2025