O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 12 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston 08:50 / 17.07.2024 1960

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2020 yilga nisbatan 56 pog‘ona ko‘tarilgan. 

“Ya’ni, aholi o‘sishi va narxlar saqlangan holda ko‘proq mobil internetga ega tariflar ko‘payib, tarmoqqa talab kundan kunga ortishiga qaramay, o‘rtacha tezlikni oshirish bo‘yicha operatorlar reytingdagi boshqa ko‘pgina davlatlardagidan ko‘ra ko‘proq harakat qilishmoqda. Albatta bu hali yetarli emas, internet tezligini va sifatini oshirish bo‘yicha operatorlarimiz yanada ko‘proq harakat qilishlari zarur”, deb yozadi Sherzod Shermatov.

Yanvar oyida O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoning 144 mamlakati ichida 91-o‘rinni egallagandi. 

Ko‘proq yangiliklar: