O‘zbekistonga 55 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida keldi 

O‘zbekiston 13:35 / 16.07.2024 563

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

  • Tojikiston — 43 287 nafar;
  • Qozog‘iston — 6 615 nafar;
  • Qirg‘iziston — 5 485 nafar;
  • Rossiya — 925 nafar;
  • Turkmaniston — 462 nafar;
  • Turkiya — 23 nafar;
  • Afg‘oniston — 16 nafar;
  • Ozarboyjon — 9 nafar;
  • boshqa davlatlar — 52 nafar.
Ko‘proq yangiliklar: