Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz imtihonsiz o‘qishga qabul qilindi

O‘zbekiston 18:56 / 16.07.2024 8303

Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Farg‘ona shahrida qurilayotgan Yangi O‘zbekiston massiviga borgandi. Mahalliy aholi bilan uchrashuv vaqtida Mirziyoyev Madina Soliyeva ismli qiz bilan gaplashgan. Qiz unga Jahon tillari universitetida o‘qimoqchi ekanini aytgan.

Voqeadan keyin, 12 iyulda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalr vazirligi vakillari va Jahon tillari rektori Ilhomjon To‘xtasinov Madinaning oldiga borib, unga grant asosida filologiya va til o‘qitish: rus tili yo‘nalishi bo‘yicha universitetga o‘qishga kirgani to‘g‘risidagi guvohnomani topshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayanib Gazeta.uz yozdi. Sertifikatda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov va universitet rahbari To‘xtasinovning imzosi bor.

Ko‘proq yangiliklar: