Davlat mulkini «nol» qiymatda sotish amaliyoti bekor qilinadi

O‘zbekiston 17:29 / 16.07.2024 3480

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, davlat aktivlarini sotishda xorijiy tajribani hisobga olgan holda hamda mamlakatimizda bozor tamoyillariga asoslangan sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida davlat aktivlarini «nol» xarid qiymatida sotish amaliyotidan voz kechilib, elektron ommaviy savdolarga chiqarish tartibi joriy qilinmoqda.

Shuningdek, xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini hamda davlat ishtirokidagi korxona va davlat muassasasini o‘zgartirishi ko‘rsatilgan hollarda davlat mulkini garovga berishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanyapti. Bunda davlat unitar korxonasi va davlat muassasasini xo‘jalik jamiyatiga o‘zgartirilayotganda baholashni o‘tkazmaslik nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: