Jamiyat | 07:28 / 15.07.2024
1590
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aholi yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in yuz berdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kecha, 14 iyul kuni soat 22:10 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, «Vatandosh» MFY, Tuzel dahasi 12A-uydagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:33 da o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida xonadondagi uy jihozlar yongan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid