Toshkent viloyatida 40 ming dollarga 15 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 13:20 / 15.07.2024 2496

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro K.R. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani “Evalak” MFY hududidan 40 000 AQSh dollari evaziga 15 sotix yer maydonini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib,  oldindan 20 000 AQSh dollari va 6,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: