Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritilgan uyini buzgan fuqaro jinoiy javobgarlikka tortildi
Fuqaro uy-joyni aslicha saqlash va buzmaslik bo‘yicha rasman ogohlantirilgan. Biroq shunga qaramay uni buzib tashlab, o‘rnida qurilish ishlarini olib borgan. Madaniy meros obektiga yetkazilgan qariyb 1,1 mlrd so‘mlik zarar fuqarodan undiriladigan bo‘ldi.
Samarqand shahrida madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritilgan uy-joyini buzgan ayolga sud hukmi o‘qildi.
Kun.uz tanishgan sud hujjatida keltirilishicha, 1970 yilda tug‘ilgan M.Yu. Samarqand shahrining Chiroqchi ko‘chasidagi 85-uyda oila a’zolari bilan birgalikda yashab kelgan. XIX-XX asrlarda qurilgan ushbu uy moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan.
Sudlanuvchi 2023 yil 30 martda Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan uy-joyni aslicha saqlash va buzmaslik bo‘yicha rasman ogohlantirilgan. Ammo u uyini buzib tashlab, hujjat rasmiylashtirmasdan, o‘rnidan qurilish ishlarini amalga oshirgan. Buning oqibatida esa madaniy meros obektiga 1 mlrd 79 mln so‘m zarar yetkazilgan.
M.Yu. sudda aybiga iqror bo‘lib, marhum turmush o‘rtog‘ining nomida bo‘lgan uy xaroba ahvolga kelib qolganini, uni ta’mirlash bo‘yicha bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat qilganini, ammo amaliy yordam ko‘rsatilmaganini bildirgan. Ayol uyini moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha murojaat qilgan. Biroq Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy ekspert kengashi tomonidan binoni buzish va ro‘yxatdan chiqarish mumkin emasligi haqida xulosa berilgan.
“Doim qo‘rqib yashardik. 2023 yilning aprel oyida yomg‘ir ko‘p yog‘ishi oqibatida uyning old tomoni qulab tushdi. Shundan keyin binoning qolgan qismini buzib, bino joylashgan joyga devor ko‘tardik hamda ikki xonali uy qura boshladik”, degan M.Yu. o‘z ko‘rsatmasida. Ayol qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligini aytib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2024 yil 20 iyundagi hukmi bilan M.Yu. Jinoyat kodeksining 132-moddasi (Moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati berilgan. Shuningdek, madaniy meros obektiga yetkazilgan 1 mlrd 79 mln so‘m zararni sudlanuvchidan undirish belgilangan.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025