Qishloqliklarni «jirkanch maxluqot» deb atagan qiz jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqda qishloqliklarni haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Sud unga qilmishi uchun 6,8 mln so‘m jarima tayinlagan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda qishloqliklarni haqorat qilgan qizning videolavhasi tarqaldi. U qishloqliklarni jirkanch mahluqot deb atagan.
“Qishloqliklar odam emas. Ular jirkanch maxluqot. Toshkentga kelib olib, aqlli tutishadi. Shunaqa yomon ko‘rib ketaman. Qishloqi bo‘lib tug‘ilgan ular, yig‘lashi kerak”, degan u.
Huquqbuzar qizga nisbatan sud ishi bo‘lib o‘tdi. U sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, haqorat faqatgina bir shaxsga qaratilganligini ma’lum qilgan.
“Bu voqea 2023 yil oktyabr oylarida bo‘lgan. Bitta shaxs onamni haqorat qilgan, shaxsiyatimga tekkan. Shuning uchun bu so‘zlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida o‘sha shaxsga nisbatan aytganman. Bu uchun tegishli joylarda javob berib bo‘lganman. Eski videoni kesib, bo‘rttirma so‘zlar bilan tarqatib yuborishdi”, deya ta’kidlagan u sudda.
Sud qarori bilan qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida (6,8 mln so‘m) jarima jazosi tayinlangan.
Oldinroq viloyatliklarni haqoratlagan qiz 15 sutkaga qamalgandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
Mavzuga oid

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

10:34 / 30.05.2025
Sud Harvardga chet ellik talabalarni yana qabul qilishga ruxsat berdi

18:11 / 28.05.2025
IIO xodimi qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi

11:04 / 17.05.2025