OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Foto: Kun.uz
Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.
Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:
- xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan);
- O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
- xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.
Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15 iyuldan 5 avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining «O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)» bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Bunda, talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalararo o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz orqali qabul qilinadi.
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

09:04 / 10.02.2025