«O‘zgidromet» 15 iyul, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +32...+34 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Buxoro viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi.
Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 18–23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.