Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga suiqasd uyushtirilganini qoraladi

Jahon 13:27 / 14.07.2024 12488

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, prezident ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp mahalliy vaqt bilan 13 iyul kuni Pensilvaniya shtati, Batler okrugidagi tarafdorlari ishtirokidagi mitingda chiqish qilayotganida suiqasd nishoniga aylandi. O‘qlardan biri uning qulog‘ini yalab o‘tgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi og‘ir tan jarohati olgan. Hujum qilgan shaxs yo‘q qilingan.

Trampning matbuot kotibi Stiven Chung uning ahvoli «yaxshi»ligi haqida ma’lumot bergan. 

Ko‘proq yangiliklar: