Quloqni «yalab o‘tgan» o‘q, Trampni yashirgan soqchilar va sahnada qolgan tufli. Fotosuratlar

Jahon 17:55 / 14.07.2024 23019

AQShning 45-prezidenti, yana bir marta prezidentlikka saylanish uchun nomzodini qo‘ygan Donald Tramp 13 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahridagi miting nishoniga aylandi. FQB versiyasiga ko‘ra, uni 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks o‘qqa tutgan. Hujum vaqtida o‘q Trampning o‘ng qulog‘ini yalab o‘tgan. AQSh Maxfiy xizmati xodimlari darhol sobiq prezidentni o‘rab olib, sahnadan olib ketishgan. Tramp sahnadan ketayotganida qo‘lini musht qilib yuqori ko‘targan — bu orqali u o‘z tarafdorlariga o‘zi bilan barchasi joyida ekani haqida signal yuborgan. Suiqasd oqibatida mitingga kelganlardan biri halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan. O‘t ochgan shaxs Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.

The New York Times fotografi Dag Mills Trampning boshi yonidan o‘tib ketgan o‘qni suratga olgan. Kadrda o‘q qoldirgan izni ko‘rish mumkin. FQBning iste’fodagi agenti Mafkl Harrigan ham fotodagi chindan o‘q izi ekanini tasdiqlagan.

Hujum vaqtidagi videoga ko‘ra, Donald Tramp tomonga o‘n martacha o‘q uzilgan. Ikkinchi o‘q bilan jinoyatchi Trampni yaralagan.
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA
Boshi yonidan o‘q uchib o‘tganidan keyin Tramp qulog‘ini ushlagan va tribuna ortiga yashiringan
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA
Miting ishtirokchilari ham o‘qlardan yashirinishga urinmoqda 
Gene J. Puskar / AP / Scanpix / LETA
AQSh Maxfiy xizmati xodimlari otishma vaqtida Donald Trampni panalash uchun sahnaga chopib chiqishgan
Anna Moneymaker / Getty Images
Sahnaga Maxfiy xizmat xodimlari bilan birgalikda maxsus topshiriqli kuchlarning qurollangan jangchilari ham chiqib kelgan
Evan Vucci / AP / Scanpix / LETA
Donald Tramp qo‘riqchilar qurshovida oyoqqa turmoqda
Anna Moneymaker / Getty Images
Trampning o‘ng qulog‘i qonga belangan, sobiq prezidentning «Make America Great Again» («Amerikani yana buyuk qilamiz») saylovoldi shiori tushirilgan qizil rangli kepkasi uchib ketgan
Anna Moneymaker / Getty Images
Miting ishtirokchilari Trampga suiqasd vaqtida jon saqlamoqda
Jabin Botsford / The Washington Post / Getty Images
The New York Times rasshifrovkasiga ko‘ra, Maxfiy xizmat xodimlari Trampga ketish kerakligini aytishmoqda
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA
Tramp o‘rnidan turganida bir necha bor shunday deb takrorladi: «Oyoq kiyimimni beringlar!»
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA
Donald Tramp qo‘riqchilar qurshovida sahnadan ketarkan, bir necha marta mushtini yuqoriga ko‘tarib silkitdi. Bunga javoban yig‘ilganlar «AQSh!» deb hayqirishdi
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA
Anna Moneymaker / Getty Images
«Trampning o‘z tarafdorlari bilan hissiy aloqasi hamda uning zamonaviy media davridagi mahoratini bundan ko‘proq ifodalovchi lahzani tasavvur qilish qiyin, — deya yozadi The New York Times gazetasi. — ayrimlar qo‘rquvdan yig‘layotgan chog‘da ham Tramp o‘z tarafdorlariga barchasi joyida ekani haqida signal bermasdan sahnadan ketmadi».
David Maxwell / EPA / Scanpix / LETA
Maxfiy xizmat agentlari Trampni sahnadan olib ketmoqda
David Maxwell / EPA / Scanpix / LETA
Tramp zina bo‘ylab sahnadan tushganida uning yuzida qon izlari ko‘ringan
Anna Moneymaker / Getty Images
Trampni Chevrolet Suburban avtomobiliga olib chiqishmoqda. U ichkariga kirishdan oldin olomonga o‘giriladi va yana qo‘lini musht qilib yuqori ko‘taradi
Jabin Botsford / The Washington Post / Getty Images
Trampning sahnada qolgan oyoq kiyimi
Jabin Botsford / The Washington Post / Getty Images
Maxfiy xizmat xodimi miting ishtirokchilarini panalamoqda
Anna Moneymaker / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Tramp tarafdorlari suiqasddan keyin
Rebecca Droke / AFP / Scanpix / LETA
Trampning tarafdorlari sobiq prezidentga suiqasddan keyin
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA
Otishma uyushtirishda gumonlanuvchi, 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks o‘ldirilgani aks etgan videodan kadr. Gumonlanuvchi miting ishtirokchilari safida bo‘lmagan, u 120 metr masofadagi qo‘shni bino tomiga joylashgan
Hank Jenkins / Anadolu / Getty Images
Anna Moneymaker / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Viskonsin shtati, Miluoki shahri aholisi Trampga suiqasd haqidagi xabarni kuzatmoqda
Michael M. Santiago / Getty Images
Trampga suiqasddan keyin Nyu Yorkdagi Trump Tower binosi oldida selfi qilayotgan odamlar
David Dee Delgado / Reuters / Scanpix / LETA
Fox telekanalining Nyu Yorkdagi shtab-kvartirasi binosida Trampga suiqasddan keyin sobiq prezidentning ahvoli «yaxshiligi» haqidagi xabar
David Dee Delgado / Reuters / Scanpix / LETA
Miluokidagi kafe mijozlari Trampga suiqasd haqidagi xabarni kuzatmoqda
Al Drago / Bloomberg / Getty Images
Viskonsin shtati, Miluoki shahridagi barlardan birida uzatilayotgan yangilik
Angela Weiss / AFP / Scanpix / LETA
14 iyul kuni Trampning suiqasddan keyingi surati aks etgan futbolkalar sotuvda paydo bo‘ldi
@AlecLuhn
Tramp qo‘lini musht qilib ko‘targan holda tushgan fotosurat Britaniyaning The Mail on Sunday gazetasi muqovasidan joy oldi, London, 2024 yil 14 iyul
Kirsty Wigglesworth / AP / Scanpix / LETA
Donald Trampning tarafdorlari uning Florida shtati, Palm-Bichdagi Mar-a-Lago qarorgohi atrofida duo qilishmoqda, 2024 yil 13 iyul
Saul Martinez / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: