Namanganda 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlab ishlatgan korxona rahbari qo‘lga olindi
Korxona jami 2 mln 128 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlab undan foydalangan.

Foto: Bosh prokuratura
Prokuratura xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ko‘p miqdorda elektr energiyasini o‘g‘irlab ishlatgan korxona rahbari ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyati, Norin tumanidagi “B.M.F.” MChJ norasmiy rahbari Sh.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish korxonasidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln so‘mlik 2 mln 128 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan “B.M.F.” MChJ norasmiy rahbari Sh.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.