Kriptovaluta bozori yana jonlana boshladi, dollar qadrsizlandi, oltin qimmatlashdi – Xalqaro moliya bozori sharhi

Iqtisodiyot 14:02 / 14.07.2024 4673

Iyul oyining navbatdagi haftasi moliya bozorlarini qoniqarli inflatsiya ko‘rsatkichi bilan xursand qildi. Xususan, inflatsiya darajasi iyun oyida 3 foizni tashkil etib, may oyiga nisbatan 0,3 foizga pasaydi. Bu esa FZTga 2 foizlik target ko‘rsatkichi sari harakatlanishni davom ettirish imkonini beradi. Yangilik bozor tomonlama iliq kutib olinishiga qaramay, joriy haftada S&P500 indeksi qariyb 1 foiz pasayish bilan yopildi. Buning kelib chiqishi Magnificent 7 aksiyalarining qulash bilan bog‘liq bo‘lib, ular S&P500 tarkibida yirik konsentratsiyaga ega.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 8 iyuldan 12 iyulgacha bo‘lgan davrda Xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.       

AQSh top fond bozorlari indeksi:

●     S&P500 – 5615 (hafta boshidan +0,86 foiz, yil boshidan +17,73 foiz);

●     NASDAQ – 20331(hafta boshidan -0,30 foiz, yil boshidan +20,83 foiz);

●     DJI – 40000 (hafta boshidan +1,59 foiz, yil boshidan +6,13

foiz).

AQSh fond indekslari navbatdagi haftani pozitiv makroiqtisodiy ma’lumotlar ta’sirida o‘sish sur’ati bilan yakunladi. Hafta savdolarida Dow Jones va S&P500 indeksi mos ravishda 625 va 48 punktga o‘sdi, biroq bozordagi pozitiv kayfiyatga qaramay NASDAQ 60 punkt pastlab, qizil hududda yopildi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

●     Oltin – 2411 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +0,86 foiz, yil boshidan +16,95 foiz;

●     Kumush – 30,7 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -1,39 foiz, yil boshidan +29,69 foiz;

●     Alyuminiy – 2459 dollar (1 tonnasi) hafta boshidan -2,06 foiz, yil boshidan +3,26 foiz:

●     Mis – 4,57 dollar (1 funti) hafta boshidan -1,85 foiz, yil boshidan +17,44 foiz.

Qimmatbaho metallar ham tebranuvchan haftani boshdan kechirdi. Oltin 21 dollarga oshdi, kumush, alyuminiy va mis esa mos ravishda 0,44, 52 va 0,09 dollarga arzonlashdi.

Neft

●     WTI – 82,14 dollar (hafta boshidan -1,38 foiz, yil boshidan +15,21 foiz);

●     BRENT – 84,95 dollar (hafta boshidan -2,17 foiz, yil boshidan +10,27 foiz).

Hafta davimida neftning WTI markasi 1,15 dollarga, BRENT esa 1,88 dollarga arzonlashdi.

Valutalar

●     USD/EUR:  +0,63 foiz (yil boshidan -1, 20 foiz);

●     CNY/USD:   -0,25 foiz (yil boshidan +2,15 foiz);

●     TRY/USD:  +1,30 foiz (yil boshidan +12,18 foiz);

●     UZS/USD:   +0,24 foiz (yil boshidan +2,69 foiz);

●     RUB/USD:  -0,18 foiz (yil boshidan -1,67 foiz).

Dollar indeksi, inflatsiya yangiliklari e’lonidan so‘ng, pasayishi sur’atini taqdim qilib, boshqa valutalarga nisbatan zaiflashdi. Xususan, yevro, yuan va rubl dollarga nisbatan 0,63 foiz, 0,25 foiz va 0,18 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, lira va so‘m 1,3 foiz va 0,24 foizga o‘z qadrini yo‘qotdi.

Kriptovaluta

●     Bitcoin – 58598 dollar (hafta boshidan +3,66 foiz, yil boshidan +36,65 foiz); 

●     Ethereum – 3158 dollar (hafta boshidan -6,85 foiz, yil boshidan +37,38 foiz).  

Bitcoin 5 kunlik savdolarda 3,66 foizga, Ethereum esa 6,85 foizga oshdi. 

Bozorlar haqida qisqacha

Iyun oyining inflatsiya darajasi haqidagi ma’lumot investorlarga qo‘shimcha ijobiy kayfiyat va optimizm taqdim etdi. Bu yangilik olib borilayotgan monetar siyosatga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqligi sababli, investorlar endilikda qattiq monetar siyosat yaqin kelajakda, taxminan sentabr oyida, foiz stavkasining birinchi pasaytirilishi sodir bo‘lishiga qayta ishonch taqdim qildi. Biroq AQShning yana bir o‘ta muhim muammosi - davlat qarzi yanada dolzarb bo‘lib bormoqda va bu nafaqat investor va xususiy moliya tashkilotlari, balki butun jahonni tashvishlanishga majbur qilyapti. Ayni paytda AQShning joriy qarzlari mamlakat YaIMning 123 foizini tashkil etayotgan bo‘lsa, XVJ prognozi bo‘yicha 2032 yilga borib bu ko‘rsatkich 140 foizgacha ko‘tarilishi mumkin. Bundan kelib chiqib, XVJ prezidentlika ikkala nomzodni keskin chora-tadbirlar ishlab chiqishga chaqirdi, chunki ularning saylov oldi dasturida bu jihatlar o‘rin olmagan.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 8 iyuldan 12 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.       

Ko‘proq yangiliklar: