Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi mansabdorlari talon-torojda gumonlanmoqda
Uchtepa tumanidagi ikkita mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi mansabdorlari aholidan yig‘ilgan 600 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi “A.K.” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi mas’ul shaxslari 2022 yildan 2024 yil 1 iyulga qadar aholidan yig‘ilgan jami 1,6 mlrd so‘m mablag‘larni sarflangani haqidagi chek, schyot-faktura, yo‘l varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmagani aniqlangan. Shuningdek, ular MChJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 mln so‘mni naqd ko‘rinishda olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi

11:30 / 05.03.2025
Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan mutlaqo noroziligini aytdi

10:41 / 05.03.2025