Shols Germaniyada AQSh raketalari joylashtirilishini urushning oldini olish chorasi, deb atadi

Jahon 22:53 / 13.07.2024 4217

«Germaniya xavfsizligi strategiyasi kontekstida shu vaqtgacha gapirilgan gaplar yuzasidan ittifoqchimiz AQSh bunday tizimlarni o‘rnatib, yaxshi ishlarni amalga oshirmoqda. Bu tiyib turish effekti tufayli xavfsizlik darajasini oshiradi, chunki siz xavfsiz ortdan hujum qila olmaymiz. Biz doim urushni bartaraf qilish uchun qayg‘uramiz», — deya Sholsdan iqtibos keltirmoqda Germaniya hukumati sayti.

Sholsning qo‘shimcha qilishicha, Berlin Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishda davom etishi, biroq Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ziddiyat kelib chiqmasligi uchun undan foydalanishni nazorat qilishi kerak. «Shunisi aniqki, biz qaror qabul qilayotganimizda mamlakatimiz va ittifoqchilarimizning xavfsizligini nazardan qochirmaymiz», — deya qayd etgan Germaniya kansleri.

O‘tgan chorshanbada Berlin va Vashington Germaniyada uzoq masofdagi nishonlarga zarba bera oluvchi Amerika qurollari 2026 yilda paydo bo‘lishini xabar qilgan edi. Bu choralar Yevropaning tiyib turish tizimlarini kuchaytirishga qaratilgan. Tizimlar to‘liq o‘rnatilib bo‘lingach, bo‘linmalar 2500 km masofaga zarba bera oluvchi Tomahawk raketalari, SM-6 raketalari va Yevropada ayni paytda qurollanishda mavjud bo‘lgan qirg‘in vositalaridan kattaroq masofaga ucha oluvchi gipertovushli qurol bilan ta’minlanadi.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius AQSh Germaniyada o‘zining uzoq masofalarga ucha oluvchi qurollarini rotatsiya asosida joylashtirishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington kelgusida Berlinning bunday qurol-yarog‘larni rivojlantirish va xarid qilishga investitsiya kiritishini kutmoqda. Pistorius shuningdek, ayni paytda Yevropada uzoq masofalarga zarba bera oluvchi tizimlarning taqchilligi kuzatilayotganini tan olgan, shu sababli amerikaliklar G‘arb davlatlariga «aynan kerakli paytda» bunday tipdagi o‘zlarining qurollarini yaratish imkonini taqdim etmoqda.

AQSh Germaniyadan uzoq masofaga ucha oladigan barcha qurol-yarog‘larini 1990-yillarning oxirida olib chiqib ketgan edi. Biroq, Ukrainada urush boshlangach, Berlin ularni qaytarishga qaror qildi. Spiegel nashri manbalarining qayd etishicha, bunga sabab uzoq masofaga ucha oluvchi oddiy qurollari sonini ko‘paytirishga kirishgan Rossiya tomonidan oshib borayotgan tahdiddir. Xususan, Moskva bunday qurol-yarog‘larning katta qismini Kaliningrad oblastiga joylashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: