Rossiya OAVlarining yozishicha, «ayni paytdagi realliklarda Perviy» va «Rossiya-1» telekanallarida Rossiya bayrog‘i va madhiyasisiz Olimpiadani ko‘rsatmaslik to‘g‘risida siyosiy qaror qabul qilingan».
So‘nggi marta Rossiyada 1984 yili Los-Anjyelesda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari boykot tufayli ko‘rsatilmagan. So‘nggi olimpiadalarni esa Rossiyada «Match-TV», «Perviy kanal» va VGTRK tarkibiga kiruvchi kanallar namoyish etib kelishgan.
2023 yilning dekabrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi va Belarusdan sportchilar olimpiadada faqat neytral statusda — o‘z mamlakatlari bayrog‘isiz va boshqa milliy atributikalarsiz qatnashishi lozimligi to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Bu holda Olimpiadaga Rossiyaning Ukrainaga bosqinini faol qo‘llab-quvvatlovchi, shuningdek, RF va Belarusning harbiy yoki kuchishlatar tuzilmalari bilan bog‘liq atletlar qo‘yilmagan.