O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Arizalar qabuli 15 iyuldan boshlanadi. O‘tgan yili o‘qishni ko‘chirishga da’vogarlarning salkam 90 foizi o‘tish ballini to‘play olmagandi.

Foto: Kun.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan, 2024/25 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMlardan talabalar o‘qishini respublika davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.
Eng yuqori o‘tish balli huquq sohasi uchun belgilangan – 140 ball. Keyingi yuqori ballli yo‘nalish – sog‘liqni saqlash yo‘nalishida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar kamida 129 ball to‘plashi talab etiladi.
O‘tish ballari tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.
Eslatib, o‘tamiz, o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15 iyuldan boshlab onlayn qabul qilinadi.
O‘tgan yili o‘qishni ko‘chirish uchun imtihon topshirganlarning 89 foizi o‘tish ballini to‘plolmagan edi.
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

09:04 / 10.02.2025