2024 yilning I yarim yilligi davomida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning birja savdolari bo‘yicha kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Monitoring natijalariga ko‘ra:
Andijon (“BEST TEXTILE INTERNATIONAL” MChJ);
Buxoro (“QORAKO‘L KUMUSH KALAVA”);
Jizzax (“JIZZAX KeNTeKS” MChJ, “SANGZOR-TeKSTIL” MChJ);
Sirdaryo (“WHITE GOLD KLASTER” MChJ, “SARDOBA UNIVERSAL KLASTER” MChJ, “RISQIBOY MIRONSHOX” MChJ, “ZAMON TEKS” MChJ);
Namangan (“TOSHBULOQ-TEKS” MChJ, “ART SOFT TEX” MChJ, “RAVSHAN-BOSIT HAMJIHAT SERVIS” MChJ);
Samarqand (“PAYARIQ YANGIYER TEKSTIL” MChJ, “SAMARQAND COTTON CLUSTER” MChJ, “SAMARQAND KAMALAK INVEST TEKSTIL” MChJ, “PAYARIQ-KLASTER” MChJ);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (“BO‘STON CLUSTER” MChJ, “TAXIATOSH DON MAHSULOTLARI” AJ, “TURAN AQ ALTIN” IChK, “OLTIN TOLA SHABBAZ” IChK);
Surxondaryo (“POLVONTOSH” MChJ, “POMIR AGROKLASTER” MChJ, “SURXONDARYO AGROXIZMAT” MChJ, “SURXON SIFAT TEKSTIL” MChJ, “BOYSUN KO‘MIR” MChJ, “BANDIXON TEXTILE CLUSTER” MChJ, “ZAMIN ANGOR CLUSTER” MChJ);
Toshkent viloyati (“BOXODIR LOGON BUKA” MChJ);
Farg‘ona (“PROF TEKST PLYUS” MChJ, “BAXODIR LOG‘ON TEKSTIL” MChJ QK, “HAMZA EXPO ART TEKSTIL” MChJ, “FERGHANA SPINNING” MChJ QK, “EXPO KOLLOR PRIN TEKS” MChJ, “EFFEKTIV OIL” MChJ QK, “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MChJ, “MUSAVARTEX” MChJ QK, “QUANTITY CLASS” MChJ);
Xorazm (“WBM QO‘SHKO‘PIR CLASTER” MChJ va “YANGI ARIQ TEX” MChJ) viloyatlarida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni:
- jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga mahsulotni qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish;
- jadvallarini belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;
- forvard shartnomasi bo‘yicha mahsulotni bir oydan kam bo‘lgan muddatda yuklab jo‘natish;
- shartnomalarga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish;
- birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
“Ushbu omillar oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlarining narxlariga bevosita yoki bilvosita ta’sir qilib, ularning iste’mol bozorlarida narxi oshishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagilarga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida respublika bo‘yicha umumiy hisobda jami 20 mlrd so‘mga yaqin asossiz olingan daromadlar aniqlandi, mazkur holatlar “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan barcha klasterlarga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib javobgarliklar belgilash yuzasidan qaror va ko‘rsatmalar berildi va bu borada ishlar davom ettirilmoqda”, deyiladi qo‘mita xabarida.