Olimpiada oldidan minglab uysiz migrantlar Parijdan olib chiqilmoqda

Jahon 12:01 / 12.07.2024 6229

Nashr, shuningdek, hukumat mulozimining xatiga havola qilmoqda. Unda odamlar Parijda olimpiada ochilishidan avval ko‘chirilayotgani ro‘yirost aytilgan. Biroq Fransiya hukumati bunday bog‘liqlik yo‘qligini rasman ta’kidlamoqda.

Odamlar avtobusga solinib, Lion va Marsel kabi shaharlarga ko‘chirilgani aytilmoqda.

Xususan, nashrning hukumatdagi manbalari gap ixtiyoriy ko‘chish haqida ketayotgani, bu “Parijdagi favqulodda turar joy yetishmasligi muammosini yumshatish maqsadida” amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.

Migrantlarning aytishicha, hukumat ularga turar joy ajratish va ijtimoiy yordam berishni va’da qilib, ko‘chirishgan. Uysizlar muruvvat uylariga joylashtirilgach, ularni boshpana berishga loyiq yoki yo‘qligi tekshiruvdan o‘tkazilgan. Mezonlarga to‘g‘ri keluvchilarga boshpana berilgan. Biroq, nashrning yozishicha, bunday boshpanaga uysiz migrantlarning faqat 40 foizi loyiq ko‘rilgan.

Parij va uning yon atrofida Fransiyadagi uysizlarning yarmi istiqomat qiladi. Ularning soni 100 mingga yaqin.

Parijdan uysizlar ko‘chirilayotgani haqida boshqa nashrlar, jumladan Fransiyaning nashrlari ham yozmoqda.

The Guardian nashrining yozishicha, politsiya poytaxtni fohishalar va narkotik moddalarga ruju qo‘yganlardan ham tozalagan. Parijdan jami 13 mingga yaqin odam ko‘chirilgan. Garchi bir yil avval shahar meri Ann Idalgo hech kim ko‘chishga majburlanmasligi haqida va’da bergan edi.

 

Ko‘proq yangiliklar: