NATO sammitida 20 dan ortiq davlat Rossiya ustidan g‘alaba qozongunga qadar Ukrainaga qo‘llashga kafolat berdi

Jahon 18:51 / 12.07.2024 5990

«Ukrainaning xavfsizligi Yevroatlantika mintaqasi va uning chegaralaridan tashqaridagi xavfsizligining ajralmas qismi ekanini anglagan holda, Ukraina toki Rossiya agressiyasi ustidan g‘alaba qozonmagunga qadar uni qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanligimizni tasdiqlaymiz», — deyiladi hujjat matnida.

Xususan, davlatlar xavfsizlik, zamonaviy qurol-yarog‘lar, mudofaa sanoati sohasida Kiyevga doimiy yordam va kerakli iqtisodiy yordamni ko‘rsatishini o‘z zimmasiga oldi. Shuningdek, davlatlar mamlakat mudofaa salohiyatini taxminlay oluvchi va Rossiyani tiyib turuvchi Ukrainaning “kelajakdagi kuchlari”ni yaratish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishi lozimligi ta’kidlandi.

Agar Rossiya joriy harbiy harakatlar yakunlanganidan so‘ng yana Ukrainaga hujum qilsa, mamlakatlar “eng oliy darajada operativ va kollektiv yig‘ilish”ga va Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keyingi qadamlarni aniqlashtirishga kelishib oldi. “Kelajakdagi hujum” yuz bergan vaziyatda Ukrainga xavfsizlik borasida yordam ko‘rsatish, Rossiyaga nisbatan cheklovlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Hujjatga AQSh, Kanada, Litva, Latviya, Belgiya, Lyuksemburg, Chexiya, Niderlandiya, Daniya, Norvegiya, Estoniya, Polsha, Portugaliya, Finlandiya, Sloveniya, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Shvetsiya, Islandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Ukrainaning o‘zi imzo qo‘ygan. Hujjatning birinchi xatboshisida 21 davlat sanab o‘tilgan (Chexiya va Sloveniya yo‘q), shuningdek, Yevropa Kengashi va Yevrokomissiya tilga olinmagan.

Ayni paytda NATOga 32 ta davlat a’zo. Hujjatga Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Gretsiya, Shimoliy Makedoniya, Ruminiya, Slovakiya, Turkiya, Xorvatiya va Qoratog‘ imzo qo‘ymagan.

Vashingtonda 9–11 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan NATO sammiti yakunlariga ko‘ra, alyansga a’zo davlatlar “Ukrainaning kelajagi NATOda” ekani ta’kidlangan deklaratsiyani qabul qildi. Ular “to‘liq yevroatlantika integratsiyasi tomon ortga qaytmas yo‘l”da Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini bildirgan. Hujjatda Ukraina rasman harbiy blok a’zoligiga barcha shartlar bajarilganidan so‘ng taklif qilinishi ham qayd etilgan.

Kremldagilar NATO de-fakto Ukrainadagi harbiy mojaroga to‘liq tortilgani, alyansning maqsadi ziddiyatni davom ettirish ekanini ta’kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: