Fransiya yetakchisiga ko‘ra, G‘arb “ikki xil standartlar” to‘g‘risidagi ayblovlarga “qat’iy javob berishi” kerak, ayniqsa, G‘azo sektorida Isroil agressiyasi haqida gap ketganda: “Bizni Ukrainadan ko‘ra G‘azoga kamroq e’tibor berayotganlikda ayblashmoqda va bu tanqid barchamizga chuqur ziyon yetkazadi”, degan u.
“Biz bu gaplar asossiz ekanini namoyish etishimiz kerak. Men buni bu yerda yana bir takrorlayman: biz zudlik bilan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, garovda ushlab turilganlarni ozod qilish, urushning Livanga yoyilishining oldini olish uchun zarur bo‘lgan avj pallasini sovitish bilan shug‘ullanishimiz zarur”, - degan Fransiya yetakchisi.
Bir oycha avvalroq Fransiya prezidenti AQSh prezidentining mamlakatga tashrifi doirasida xuddi shunga o‘xshash bayonot bergan edi. Makron o‘shanda ham Falastin va Ukrainadagi urushlar masalasida G‘arbda “ikki xil standart” bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan edi.
“Ikki xil standart bo‘lmasligi kerak, garchi dunyoda harbiy inqirozlar ko‘p bo‘lsa-da, biz G‘azo sektorida o‘sha prinsiplarni o‘sha qat’iyat bilan amalga oshirmoqdamiz”, - degan edi o‘shanda Fransiya yetakchisi.
Makronning so‘zlari Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesining NATO davlatlariga Falastin va Ukrainadagi urushlarda “ikki xil standart” bilan yondashuvlardan voz kechishga chaqiruvi yangragandi.
“Agar biz o‘z xalqimizga xalqaro huquqni himoya qilayotganimiz sababli Ukrainani qo‘llayotganimizni aytar ekanmiz, uddi shu ishni G‘azoga nisbatan ham qilishimiz kerak”, - degan Pedro Sanches NATOning 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan sammitda.