Britaniyada qamoqxonalar inqirozi: yangi hukumat ilk katta muammoni qanday hal qilmoqchi?

Jahon 23:26 / 12.07.2024 8166

Ayni paytda Angliya va Uels qamoqxonalarida 87,5 ming kishi “o‘tiribdi” — bu Yevropaning har qanday davlatiga nisbatan ko‘p, bo‘sh joylar esa bir yarim mingta qolgan, xolos.

Ular ham to‘lganidan so‘ng politsiya jinoyatchilarni hibsga ololmay qoladi, chunki sudlar dastlabki qamoq uchun kameralar yetishmasligi tufayli ularni qabul qilmaydi.

So‘nggi 30 yil ichida Britaniyada jinoyatchilik soni va ayblov hukmlari kamayganiga qaramasdan, mahbuslar soni ikki barobarga oshgan. Bunga bosh sabab — hokimiyatning jinoyatchilikka qarshi kurashishda siyosiy kapital ishlab olishga urinishi va mamlakatda yillar mobaynida jiddiy jinoyatlar uchun jazolar qat’iylashtirib borilgan, demoqda ekspertlar.

“Agar zudlik bilan chora ko‘rilmasa, bizni jinoyatga qarshi odil sudlov tizimining barbod bo‘lishi va jinoyatchilikning avj olishi kutib turibdi”, — degan adliya vaziri Shabona Mahmud “Fayv Uells” qamoqxonasi personali oldida qilgan chiqishida.

Qamoqxona islohoti Kir Starmerning bosh vazir lavozimida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ilk katta ishi bo‘lib qolmoqda. Yangi bosh vazir bu vaziyatda mamlakani 14 yil davomida boshqargan konservatorlar hokimiyatini ayblagan.

Ko‘proq yangiliklar: