Rossiyada qarovsiz qolgan 7 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat 07:25 / 11.07.2024 3718

Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 7 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. Daryo.uz’ning yozishicha, Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan 10 nafardan ortiq xotin-qizlarni ham O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva boshchiligidagi turli mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytgan.

Tashrif jarayonida qator firma va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 300 nafardan ortiq xotin-qizlarning mehnat sharoitlari o‘rganilgan va ular bilan yaqindan suhbatlashilgan. Jarayonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan 10 nafardan ortiq xotin-qizlarning mamlakatga qaytishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Rossiya Federatsiyasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida saqlanayotgan, ota-onasi tomonidan qarovsiz yoki nazoratsiz qoldirib ketilgan 7 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan. Ular tegishli markazga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, bolalar keyinroq ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: