Rossiya Ukrainada tinchlik bo‘yicha yangi sammitda ishtirok etishdan bosh tortdi

Jahon 19:32 / 11.07.2024 6530

«Biz iyun oyi o‘rtalarida Shveytsariyaning Byurgenshtok shahrida barbod bo‘lgan sammitdan so‘ng «o‘zini oqlab olmoqchi» bo‘layotgan va xuddi shunday yana bir tadbir o‘tkazishga urinayotgan Kiyev rejimi va ularning g‘arbdagi kuratorlari niyatlaridan boxabarmiz», — degan Galuzin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagilar «Mutlaq boshi berk ko‘chadagi «Zelenskiy formulasi»ni behudaga ilgari surayotgan avvalgidek ohanglar»ni eshitib, «Ukraina krizisini tartibga solish bo‘yicha boshqa tashabbuslarning ongli ravishda rad etilayotgani»ni ko‘rib turishibdi.

«Biz bunday ultimatumlarni qabul qilmaymiz va bunaqa «sammit»larda ishtirok emaymiz», — degan Galuzin va tinchlik konferensiyasini «firibgarlikning namoyishi» deb atagan.

Avvalroq «RIA-Novosti»ning diplomatik manbasi Ukraina bo‘yicha keyingi sammit Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Vaziyatdan boxabar kishilarning Bloomberg’ga ma’lum qilishlaricha, Ukraina ikkinchi tinchlik konferensiyasini AQShdagi saylovlargacha o‘tkazmoqchi va unga Rossiyani ham taklif etmoqchi.

Sammitni AQShdagi saylovlargacha o‘tkazib olishga urinish Ukraina Oq uyga Donald Tramp qaytishi mumkinligidan cho‘chiyotganini ko‘rsatadi. Tramp agar qayta saylansa o‘zining yanvar oyidagi inauguratsiya marosimigacha urushga nuqta qo‘yishini va’da qilgan va Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatilishi davom ettirilishiga qarshi chiqqan, deb yozadi Bloomberg.

Ko‘proq yangiliklar: