Daniyada sayyohlarga chiqindilarni yig‘ish evaziga bepul ovqat beriladi

Jahon 17:27 / 11.07.2024 2642

Daniya poytaxti Kopenhagenda sayyohlar bepul tushlikka ega bo‘lishlari mumkin. Buning uchun sayyohlar shahar ekologiyasi uchun xizmat ko‘rsatishi kerak bo‘ladi, deb xabar berdi Kopenhagen turizm boshqarmasi.

Ta’kidlanishicha, buning uchun sayyohlar 15 iyuldan boshlanadigan “ekologik toza tadbirlar”da qatnashishi kerak. 11 avgustgacha davom etadigan aksiyada sayyohlar chiqindi yig‘ganligi, jamoat transporti yoki velosipeddan foydalangani uchun bepul tushlik, qahva bilan mukfotlanadi. Shuningdek, bu harakatlar evaziga Kopenhagenning diqqatga sazovor joylariga bepul kirish imkoniyati ham beriladi. 

Shahar turizm kengashi bu orqali poytaxtdagi ekologik yuklamani kamaytirishni maqsad qilgan.

Aksiya o‘zaro ishonch asosida amalga oshiriladi. Ya’ni sayyohlardan velosipedda yurganini isbotlashi talab qilinmaydi. Faqat ayrim joylardagina jamoa transporti chiptasi yoki velosipedda sayr qilgani aks etgan suratlar so‘ralishi mumkin xolos.

Ko‘proq yangiliklar: