Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir yigitni «samosud» qilib, mashinada olib ketganlar ushlandi
O‘zaro janjal qarz masalasida kelib chiqqan. Yigitlarga nisbatan bezorilik aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar fuqaroni urayotganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan ma’lum berdi.
Ma’lum qilinishicha, janjal joriy yilning 1 iyul kuni taxminan soat 20:25 larda Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988 yilda tug‘ilgan N.T., 1993 yilda tug‘ilgan S.Q., 1987 yilda tug‘ilgan D.Q., 1995 yilda tug‘ilgan H.Q., 1994 yilda tug‘ilgan J.I. hamda 1997 yilda tug‘ilgan Sh.O. qarz masalasida og‘zaki janjallashib qolishgan. S.Q., D.Q, va H.Q. jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohati yetkazishgan. So‘ng uni o‘zlari kelgan mashinada uyi oldiga olib borishgan.
Jabrlanuvchi shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng uyiga ketgan.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Toshkentda gul do‘konida janjal uyushtirgan shaxsga jinoyat ishi ochilgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

18:45 / 01.08.2025
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:22 / 01.08.2025
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi

11:17 / 01.08.2025
Ko‘cha o‘rtasiga panjara: bu qanchalik to‘g‘ri?

18:23 / 31.07.2025