Andijonda qoramollarda yangi kasallik turi aniqlangani rad etildi

O‘zbekiston 08:01 / 09.07.2024 5223

Ijtimoiy tarmoqlarda qoramollarda yangi kasallik uchrayotgani va Andijondagi qoramol va chorva bozorlari tozalov uchun yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Qayumovning ta’kidlashicha, viloyatdagi qoramollarda yangi kasallik turi aniqlanmagan.

«Bugungi kunda viloyatimizda epizodik vaziyat barqaror. Barcha tuman va shaharlarimizda shtablar tashkil qilingan, doimiy faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, hayvon bozorlari veterinariya mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan. Dehqon bozorlarida go‘sht va go‘sht mahsulotlari to‘liq veterinariya nazorati ostida iste’molga chiqarilmoqda», deya ma’lum qilgan boshqarma boshlig‘i.

Qo‘shimcha qilinishicha, kasallikka gumon qilingan qoramollar nazoratga olinib, tahlil tekshiruvlari o‘tkazilmoqda, uning natijalari bo‘yicha axborot beriladi.

Avvalroq Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Jizzax viloyatida ikki kishi kuydirgi kasalligiga chalinganligi haqidaga xabarlarga munosabat bildirib, namunalar tekshiruvlardan o‘tkazilganda kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmaganligini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: