Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 10 yoshli qizni mashina urib yubordi
Tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qiz Cobalt urib yuborishi oqibatida jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Foto: Videodan kadrlar
Andijon shahrida 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan qizni urib yubordi. Andijon viloyati YHXB sodir etilgan mazkur YTH yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 8 iyul kuni Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan A.X. Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan 2014 yilda tug‘ilgan T.S.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida qizaloq tan jarohatlari olib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni BYD bosib ketgani hamda Samarqandda Nexia 7 yoshli bolani urib yuborgani xabar qilingandi. Har ikki YTH oqibatida bolalar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:17 / 07.11.2025
Qashqadaryoda mudhish YTH: bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan
11:40 / 03.11.2025
To‘qqiz oyda O‘zbekiston yo‘llarida 1,3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi
15:37 / 02.11.2025
Samarqandda haydovchi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi
08:35 / 01.11.2025