Shvetsiya Rossiyani asosiy tahdid deb belgiladi

Jahon 17:34 / 08.07.2024 3475

«Rossiya bizning milliy xavfsizligimiz uchun eng firik va eng jiddiy xatar bo‘lib turibdi», — degan mamlakat mudofaa vaziri Pol Yonson.

Bundan tashqari, bir qator davlatlarning o‘zining geosiyosiy ta’sirini kuchaytirishga urinishlari ham tahdid o‘laroq baholangan.

«Xitoyda ham bizning xavfsizligimiz va raqobatbardoshliligimizga ta’sir o‘tkaza oladigan kibervositalar yaratish ambitsiyasi bor. Biz shuningdek, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib borayotganini ham kuzatmoqdamiz», – degan Yonson.

U shuningdek, KXDR va Eron Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda faol qo‘llab-quvvatlayotganini qayd etgan. Yonson avvalroq Rossiya Shimoliy Atlantika alyansi va Yevropa Ittifoqidagi ittifoqchilarni bo‘lib yuborishga harakat qilishda davom etayotganini ta’kidlagan edi.

Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lganidan so‘ng Rossiya sun’iy yo‘ldoshli tarmoqlar ishini barbod qilayotganini ham ta’kidlagan. Shvetsiya tahdidlarning oldini olish uchun o‘z qurollik kuchlarini mustahkamlashga, portlar, yo‘llar, temiryo‘l tarmoqlari, kasalxonalar va boshpanalarni takomillashtirishga kirishgan.

Ayni paytda Shvetsiya energotizimi geografik joylashuvi va eskirgan stansiyalar tufayli eng zaif holatda qolmoqda. Qirollikning 15 ming km elektr uzatish liniyalari bor. Ular mamlakat shimolidagi sanoat markazlarini janubdagi eng asosiy shaharlar bilan bog‘laydi. Kabellar qalin o‘rmonlar orqali o‘tadi. Bu esa Yevropaning boshqa davlatlariga nisbatan tarmoqni diversiyalar uchun zaif holatga keltiradi. Shu sababli Shvetsiya elektr uzilishlariga tayyor turishi kerak, degan Shvetsiya mudofaa institutining katta o‘qituvchisi Vera van Zeyest.

«Elektr tarmog‘i kabi kritik infratuzilma urush chog‘ida dushmanning asosiy nishonlaridan biriga aylanadi», — degan Zeyest. U misol tariqasida Ukrainani keltirgan. Bu yerda 2022 yilning fevralidan boshlab keng ko‘lamli bosqin chog‘ida Rossiya energetika obektlarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqargan. Ayniqsa qish oylari bu hujumlar kritik ko‘rinish olgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: