Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryolik ota 5 yoshli o‘g‘lini tepib yiqitdi
Holat Urgut tumanida joylashgan savdo kompleksida sodir bo‘lgan. Bola yiqilib, betonga boshi bilan urilgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgutdagi bozorda yurgan ota voyaga yetmagan o‘g‘lini tepgani, bola yiqilayotib betonga boshi bilan urilgani tasvirlangan video tarqaldi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv o‘tkazilgan va bolasini tepib yiqitgan ota topilgan.
Voyaga yetmagan bolaga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxs Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Qovchin mahallasida yashovchi A.F. ekani aniqlangan.
Mazkur shaxs 2024 yil 1 iyul kuni Urgut tumanda joylashgan bozorda xotini va voyaga yetmagan ikki nafar farzandi bilan yurganda 5 yoshli o‘g‘lini oyog‘i bilan tepib yerga yiqitgan.
Bola yiqilib boshi bilan betonga urilgan. Holat savdo kompleksida o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilgandan so‘ng, natijasi keng jamoatchilikka ma’lum qilinadi.
Avvalroq Toshkentda bobo o‘zi bilan sayrga chiqib uzoqqa ketib qolgan bolani urgani tasvirlangan video tarqalgandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan, bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025