Hindistonning Bajaj kompaniyasi metanda harakatlanadigan Bajaj Freedom 125 mototsiklini seriyali ishlab chiqarishni boshladi.
Motosiklning bazaviy versiyasi old g‘ildiragi barabanli tormoz bilan jihozlangan. Top versiya bo‘lsa, diskli tormozga ega. Dvigatel sig‘imi 125 kub.smga teng bo‘lib, 9,5 ot kuchini beradi. Dvigatel 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Motosikl ikkita bakka ega. Birinchisi odatiy benzin baki, u 2 litr hajmga ega. Ikkinchisi 12,5 litrli gazballon bo‘lib, u o‘rindiq ostiga joylashtirilgan. Bir marta to‘la benzin va gazballon bilan 330 km masofa bosib o‘tish mumkin (benzinda 130 km, gazda bo‘lsa 200 km).
Motosikl soatiga maksimal 90 km tezlikda harakatlanishi mumkin.
Bajaj Freedom 125ʼning bazaviy versiyasi uchun 1000 yevro, top komplektatsiyasi uchun 1200 yevro narx belgilangan.