Erondagi prezidentlik saylovlarida islohotchi Pizishkiyon g‘alaba qozondi
Etnik ozarboyjon Mas’ud Pizishkiyon Eronning saylangan to‘qqizinchi prezidentiga aylanadi. U 16,4 mln eronliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Foto: AP
Eronda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi natijalari e’lon qilindi. Saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, Islohotchilar qanotidan yagona nomzod, etnik ozarboyjon Mas’ud Pizishkiyon 16,4 mln eronliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va g‘alabaga erishdi.
Uning raqibi Konservatorlar qanotidan nomzod Said Jaliliy 13,5 mln ovoz olgan.
Birinchi turda ham Pizishkiyon g‘alaba qozongandi. Biroq ikkala nomzod ham 50 foizdan ko‘proq ovoz jamg‘ara olmagani ortidan prezident saylovi g‘olibi ikkinchi turda aniqlanishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025