Rossiyaliklarning uchdan bir qismi Ukrainaga yadroviy zarba berilishini qo‘llashadi

Jahon 09:39 / 05.07.2024 7853

Sotsiologlarning aniqlagicha, so‘ralganlarning 10 foizi yadroviy zarbani shak-shubhasiz qo‘llab-quvvatlaydi. Yana 24 foiz so‘ralganlar ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishni ko‘proq maqsadga muvofiq deb hisoblashar ekan.

«Levada-sentr» ma’lumotlariga ko‘ra, yadroviy quroldan foydalanishni qo‘llovchilar ulushi so‘nggi bir yil ichida 5 foizga oshgan. Bu esa urush boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich. Garchi, yadroviy quroldan foydalanishga qarshi bo‘lganlar soni hamon ko‘pchilikni — 52 foizni tashkil qilayotgan bo‘lsa-da, bundaylar soni tobora pasayib bormoqda. 2023 yilning aprelida ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga qarshilar 56 foiz bo‘lishgan.

So‘rovnomadan ko‘rinishicha, urushda yadroviy quroldan foydalanish tarafdorlarining aksariyati Rossiya televideniyesini muntazam ko‘rib boruvchi, Vladimir Putin siyosatini yoqlovchi pensionerlardir. Masalan, 55 yoshdan katta so‘ralganlar ichida Ukraina bo‘ylab yadroviy zarbani yoqlovchilar ulushi 35 foizni tashkil etsa, axborotni faqat televizordan oluvchilar orasida bundaylarning ulushi 41 foizni tashkil etadi.q

Ko‘proq yangiliklar: