Rossiya Davlat dumasi saytiga joylashtirilgan qonun loyihasiga ko‘ra «Rossiya Federatsiyasi senatori statusi va Rossiya Federatsiyasi Federal kengashi Davlat dumasi deputati statusi to‘g‘risida»gi federal qonunga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan. Xorijiy safarlarning tartibi va muddatini kelishish Federatsiya kengashi va Davlat dumasi kengashlari tomonidan alohida o‘rnatiladi.
«Inson qayerda borayotganini asoslantirishi kerak. Agar u Baykalga yo‘l olsa — hammamiz qo‘llab-quvvatlaymiz, Volgada dam olsa — xursand bo‘lamiz. Lekin Maldiv orollari yoki Baliga ketsa — hamkasblar, xafa bo‘lmanglaru, — bu mamlakat va saylovchilarga nisbatan hurmatsizlik ekanini tushunishimiz kerak», — degan Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
Spikerning qo‘shimcha qilishicha, bu me’yor qabul qilinganidan so‘ng «davlat va o‘z saylovchilari hisobidan saylanib dam olishni istovchilar soni keskin kamayadi».
Qonun loyihasi mualliflaridan biri, Davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaning oldini olish qo‘mitasi rahbari Vasiliy Piskaryovga ko‘ra, «bu qaror davlatning ham, xorijga chiquvchilarning xavfsizlik masalalari tufayli qabul qilinmoqda». Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlarni «Kiyev rejimi» yoki Xalqaro jinoyat sudi so‘roviga xorijda ushlashlari mumkin. Shuningdek, Piskaryov deputatlar va senatorlar «egallab turgan lavozimiga ko‘ra davlat sirlaridan xabardor odamlar hisoblanadi», shu sababli ularning xorijiy safarlarini nazorat qilish davlatning xavfsizligini ta’minlash masalasidir.