Farg‘onada o‘zganing uyini soxta hujjatlar bilan sotib yuborgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 16:58 / 05.07.2024 3969

Farg‘onalik fuqaro o‘zgaga tegishli bo‘lgan xonadonni soxta hujjatlar bilan sotib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro V.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.N.ga boshqa bir fuqaro N.T.ga tegishli xonadonni go‘yoki o‘ziniki ekanini aytib, qalbaki hujjatlar bilan 20 800 AQSh dollariga sotganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: