«Rits Karlton» hotelining muzokaralar zalida bo‘lib o‘tgan ikki soatlik suhbatda Peskovga ko‘ra, mojaroni tartibga solish masalasi kontekstida «Rossiya ishtirokisiz har qanday formatning istiqbolsiz ekanligi aniq qayd etilgan».
«Barsa jabhalarda ikki tomonlama munosabatlar birma-bir gaplashib olingan. Mintaqaviy muammolar bo‘yicha ham fikr almashilgan. Darvoqe, Ukraina kontekstida Rossiya ishtirokisiz har qanday formatning istiqbolsiz ekanligi aniq qayd etilgan»,— degan Peskov muzokara jarayoni haqida.
«Ya’ni, bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Ukraina mavzusiga eng ko‘p vaqt aeratildimi?» — deya berilgan savolga javoban Peskov shunday degan: «Yo‘q, bunday deb bo‘lmaydi».
Muzokaralar Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida o‘tkazilgan. Uchrashuv boshida Vladimir Putin Rossiya va Xitoyning munosabatlari tarixdagi eng yaxshi davrlarni boshidan kechirayotganini qayd etgan. Vladimir Putin Moskva va Pekin hech qanday blok tuzmayotgani va uchinchi davlatlarga qarshi hamkorlik qilmayotganini alohida qayd etgan.