Olmaliq shahrida fotoradar o‘rnatilgan Cobalt YTHga uchradi

Jamiyat 11:19 / 04.07.2024 9134

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ichki ishlar organi xodimi boshqaruvidagi Cobalt mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 3 iyul kuni soat 17:30larda Olmaliq shahri hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida yuz bergan. Rossiya fuqarosi bo‘lgan 24 yoshli Sh.I. Lacetti mashinasini boshqarib borayotib, oraliq masofani saqlamagan. Buning oqibatida o‘zidan oldinda piyodaga yo‘l berish uchun to‘xtagan 34 yoshli Y.N. boshqaruvidagi fotoradar o‘rnatilgan Cobalt mashinasining orqa qismiga urilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB

YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q, mashinalar texnik shikastlangan. Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: