OKMK: Olti oyda 1 mln kWh yashil elektr energiyasi ishlab chiqarildi
OKMK tizimidagi obektlarda jami 10 MW quvvatli A klassdagi quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning birinchi yarmida qariyb 1 mln kWh muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarildi va kombinatning ichki ehtiyojini qondirishga yo‘naltirildi

Foto: OKMK
Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalari – quyosh va shamol quvvatidan foydalanishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham energiya barqarorligini ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida dadil qadamlar tashlandi va salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Buni hozirda kombinatning 50 dan ortiq tarkibiy bo‘linmalari va ijtimoiy soha obektlarida jami 10 MW quvvatli A klassdagi quyosh panellari o‘rnatilgani ham ko‘rsatmoqda. Ularda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi kombinat ichki ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilib, foydali ish koeffitsiyenti 21,3 foizni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun: ishlab chiqarish obektlarida – 8 062 kVt, ijtimoiy sohada – 979 kVt, Toshkent viloyatida – 7 811 kVt, Samarqand (Ingichka koni) – 345 kVt, Namangan – 375 kVt, Surxondaryo – 510 kVt elektr energiyasi ishlab chiqariladigan quyosh panellari o‘rnatilgan
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
Yilning birinchi yarmida qariyb 1 mln kWh elektr energiyasi ishlab chiqarildi yoki 300 ming kub metr tabiiy gaz sarfining oldi olindi. Yil yakuniga qadar yana 1,6 mln kWh (jami 2,6 mln kWh) ishlab chiqarilib, jami tabiiy gaz iqtisodi 1 mln kub metrga yetkaziladi.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ
Matbuot xizmati Ⓣ
Reklama
Mavzuga oid

12:00 / 26.02.2025
OKMKda yangi ohak zavodi qurilishiga start berildi

13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat

17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi

21:47 / 20.11.2024