Ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng Darchiashvili va Mirzoyan birgalikda matbuot anjumani o‘tkazishgan.
Darchiashvili otmetil Gurjiston va Armaniston bir-birining hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gurjiston Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash hamda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik uchun hissa qo‘shishga tayyor.
Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan o‘z chiqishida Gurjiston bilan munosabatlar ko‘plab sohalarda shiddat bilan rivojlanib borayotganini aytib o‘tgan.
Mirzoyan Turkiya, Gurjiston va boshqa qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish muhim ekanini ham qayd etgan.
Armaniston TIV rahbari Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirish uchun konstruktiv muloqot olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
O‘z chiqishida Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida sulh shartnomasi imzolanishiga to‘xtalar ekan, Mirzoyan intensiv ishlashda bunday shartnoma bir oy ichida imzolanishga tayyor bo‘lishini ta’kidladi.
«Armaniston Ozarboyjon bilan sulh shartnomasi imzolanishiga ijobiy qaraydi. Bir oylik intensiv ishlash barobarida biz bu jarayonni yakunlashimiz va Ozarboyjon bilan bu muhim kelshuvni imzolashimiz mumkin», — degan Ararat Mirzoyan.