Yaponiya O‘zbekistonga tibbiy mobil konteynerlar yetkazib beradi  

O‘zbekiston 11:15 / 03.07.2024 2329

Yaponiya O‘zbekistonga 4 ta tibbiy mobil konteynerlar yetkazib beradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 iyul kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Yaponiya elchisi Xatori Takashi beg‘araz yordam doirasida amalga oshirilayotgan 3 mlrd iyenalik (6,3 mln dollar) «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi» bo‘yicha almashinuv notalarini imzolangan. 

Unga ko‘ra, O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi skanerlari, ultratovush, rentgen apparatlari bilan jihozlangan qo‘shimcha 4 ta tibbiy mobil konteyner yetkaziladi. Bu bilan respublika bo‘ylab samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaxshilanadi. 

Qayd etilishicha, kompyuter tomografiyasi skanerlari qator kasalliklarni aniqlashda muhim hisoblanadi. Mobil tibbiy konteyner har qanday joyda, jumladan, favqulodda vaziyatlarda ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: