Tanzila Norboyeva: «Bu - nafaqat sizning yutug‘ingiz, balki O‘zbekistonning umumiy g‘alabasi bo‘ladi»

Sport 19:46 / 03.07.2024 78

«Kuni kecha biz O‘zbekiston sport delegatsiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimida ishtirok etdik. 

Aziz sportchilarimiz, so‘nggi yillarda sizlar olimpiadalarda misli ko‘rilmagan natijalar olib kelyapsiz. Sport litsenziyalarini qo‘lga kiritish oson emas. Buning ortida nafaqat sizning tinimsiz mehnatingiz, balki ota-onangizning sizga bo‘lgan ishonchi, tarbiyasi, murabbiylaringizning mehnati samarasi va, eng avvalo, davlatimiz tarafidan sportga bo‘lgan e’tibor, yaratilayotgan shart- sharoitlar turadi. 

Ayniqsa, sportchilarimiz ichida qizlarimiz soni ko‘payib borayotganligini ko‘rib juda ham g‘ururlanaman.

Bugun har biringiz O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarish, yurtimiz sha’nini butun dunyoga yana bir bor namoyon etishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ygansiz. Bu — nafaqat sizning shaxsiy g‘alabangiz, balki O‘zbekistonning umumiy g‘alabasi ham bo‘ladi.

Maqsadingizga erishishingizga ishonamiz, omad yor bo‘lsin!» — deb yozadi Norboyeva.

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi yozgi Olimpiada 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: