O‘zbekiston U23 jamoasining Parij Olimpiadasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Sport 18:42 / 03.07.2024 16319

Bosh murabbiy tomonidan O‘FA matbuot xizmatiga taqdim etilgan umumiy ro‘yxatdan 23 nafar futbolchi joy olgan. Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Parij Olimpiadasidagi ishtirokini 24 iyul kuni «Park de Prens» stadionida Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Guruhdan Misr va Dominikan Respublikasi ham joy olgan.

Avvalroq, Jaloliddin Masharipov ham agar taklif olsa, Parij-2024 Olimpiadasiga borishga tayyorligi haqida ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: