Bu haqda Kengash raisi Denis Shipp Qozog‘iston parlamentida “Qozog‘iston Respublikasining sud tizimi va sudyalarining maqomi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasi jarayonida ma’lum qilgan.
“2024 yil 15 iyundan boshlab Odil sudlov akademiyasi Qozog‘iston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘tadi”, degan Denis Shipp.
Shuningdek, u Qozog‘istonda 350 dan ortiq sudyalik lavozimi vakant ekanini ham qo‘shimcha qilgan.
2024 yil 14 iyun kuni Qozog‘iston parlamenti palatalarining qo‘shma majlisi bo‘lib, unda “Qozog‘iston Respublikasining sud tizimi va sudyalarining maqomi to‘g‘risida”gi Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham sudyalarni qayta tayyorlovchi Sudyalar oliy maktabi bo‘lib, Sudyalar Oliy Kengashi huzurida tashkil etilgan.